Befarqgina boqib,"Yo'llarimdan qoch!" deding,
Ko'ksim to'la azob bilan bo'shatdim yo'lni.
Og'riqlar ummoniga g'arq etding dilni,
Baxtingga yetaver, tinch qo'ydim seni.
"Senga yozgan xatlarimni qaytar!" deding,
Bir so'z demasdan men, ayladim bajo,
Kulga aylantirding barchasin, qilsamda iltijo
Mayli ketavergin, tinch qo'ydim seni!
"Ortiq meni esalama, unutgin!" deding,
Bir so'z demay ko'z yoshimga bo'ldim asr,
Sen esa bu xolimga qilganding jaxl,
Unuta olmayman, ammo ishon tinch qo'ydim seni!
"Yuzingda nur yo'q, toshsan, hissizsan!" deding
Ko'zlarimni chirt yumdimu, ichga yutdim dardimni,
Quyon qiyofasida ko'rayotgandim mardimni,
Hislarimni aytolmadim o'zingga, ammo tinch
qo'ydim seni!
"Bir dona bo'sa hadya etmading!" deding,
Dosh berolmay kaftimla berkitdim yuzni,
Ko'zlaringga tikolmadim aybdor ko'zni,
Ortimga o'grildimu, tinch qo'ydim seni.
"Men haqimda o'zgalarga so'zlama!" deding,
Qaramadim ortimga, so'zlaringga qilmadim parvo,
Nahot shu achchiq so'zlarni menga ko'rding ravo,
Ortiq bezovta qilmadim, tinch qo'ydim seni!
Yillar o'tdi oradan, qaytib kelding yonimga,
Bir so'zing bilan sen ozor berding jonimga.
"Sendek hech kim bo'lmadi,
qayt jonim, qaytgin" deding,
Ammo endi kech, ancha
avval tinch qo'ygandim seni.
Qo'llarimdan tutding, yalinding, yolvording,
"Muhabbatingni sog'indim, borim" deding.
Qaytar dunyo, qaytdi o'zingga barcha
qilmishing,
Ko'rmoqqa yo'q ixtiyorim, tinch
qo'ygin meni!
O'tkinchi nafsingni jilovlay
bilmading,
"Hissiz toshsan!" deya nojoiz
ayblading!
Mana bu mening tosh qalbim
qarori bilsang,
Ko'rmoqqa yo'q ixtiyorim,
tinch qo'ygin meni!
Sensiz ham bo'ldim men
baxtli va taxtli,
Tinch qo'ydim seni, uzilmadi
tandagi jonim,
Xo'rlanganimni eslasam,
falakni quchar fig'onim,
O'z baxtingni
qidirgin, tinch qo'ygin meni!