Купить электронные сигареты
Atlantis можно купить.
Yigit umrim binafshadek
kechar edi kamtarin
nogahonda onajonim
qattiq shovqin ko`tardi
Sim qoqdilar avvaliga
so`radilar holimni ...
So`ng dedilar sim qoqishdan
bugun maqsad o`zgadir
Bilgim kelar bolajonim
ko`ngling qaysi qizdadir?
Axir to`ng`ich farzandimsan
Umrim senga parvona
Tezroq kelin ko`rsam deyman
Bo`lsam deyman qaynona
Qishloqda ham bo`yga etgan
Qizlar border bir talay
Uyga kelsang ko`rsataman
Ro`yxatini o`rgilay…
Telefonist qizcha shu dam
Uzib qo`ydi suhbatni
Eshitolmay qoldim attang
Onam aytgan ro`yxatni…
Shu singari qo`ng`iroqlar
Qishin yozin tinmadi
Biroz bo`ydoq yuray desam
Onajonim ko`nmadi…
Bezib shirin xayollardan
Elu yurtning gapidan
Ketar bo`ldim bo`ydoqlarning
O`t-olovli safidan
Xullas men ham rozi edim
Onam ko`ngli to`q edi
To`y uchun taxt hamma narsa
Faqat kelin yo`q edi
Sevganing bo`lsa gapir
Onam qistov qiladi
Uylanganlar bu holatni
Juda yaxshi biladi
Yigit degan 4-5 qizni
Sevmaydimi bir pasda
Biri erga tegib ketsa
Biri qolar zapasda
Sutdek oqman onajon
Yurganim yo`q qiz bilan
Yigitman deb sen Toshkentda
Yurding qaysi yuz bilan?
Oh onajon zamon teskar
O`zgargan ishqqa talab
Qizlar ham sho`x zapas oshiq
Qo`yishmoqda hozirlab
Men ham sevdim chin yurakdan
Gul tutib dasta-dasta
5 sevgilim erli bo`ldi
Men hali ham zapasda
Boqib nochor ahvolimga
Onam ko`ngli buzuldi
Ertasiga Urug`lardan
Komissiya tuzuldi
Biro y semiz papkalarda
Ma`lumotlar to`plandi
Oy so`ngida komissiya
Hisoboti tinglandi
Xolam nutq so`zladilar
Surib ko`k choy nash`asin
Men esa bosh silkitgancha
Tinglab turdim barchasin
Xullas deng omad menga
Sira kulib boqmadi
Komissiya
Topgan qizdan
Birortasi yoqmadi…
….
Olislardan ko`rmoq uchun umr karvonin
Saboq ekan kiprigimni yosh qilib qo`ydi
Keyinchalik har bir qizning sirli nigohi
Yumshoqqina yuragimni tosh qilib qo`ydi
Теги: